20.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Devid Bekxem Manchester Yunayted tiklanishi uchun maslahat berdi

Devid Bekxem Manchester Yunayted tiklanishi uchun maslahat berdi

Hozirda Lionel Messini o’z safida o’ynatayotgan Inter Mayami egalaridan biri Devid Bekxem Manchester Yunaytedning 2024-2025 yilgi mavsumdagi og’ir ahvoli haqida fikr bildirdi.

Qizil iblislar Premier Liga tarixidagi eng yomon davrni boshdan kechirmoqda va turnir jadvalida 16-o’rinda, tushish zonasidan atigi ikki pog’ona yuqorida turibdi.

Chelsiga 0:1 hisobida yutqazish Yunayted uchun yana bir salbiy rekordni qayd etdi — ligada sakkiz o’yin ketma-ket g’alabasiz o’tkazish ilk bor kuzatilmoqda.

Yevropa Ligasi Yunayted uchun mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun yagona umid bo’lib qolmoqda, ular 22 may kuni finalda Tottenxem Xotspur bilan bellashadi.

-->