27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Deontey Uaylder ringga qaytishdan avval ortiqcha vazn yig’di

Deontey Uaylder ringga qaytishdan avval ortiqcha vazn yig’di

Og’ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni 39 yoshli Deontey Uaylder 27 iyun kuni AQShda bo’lib o’tadigan Tyrell Herndonga qarshi jang oldidan 102,2 kg vaznda bo’lgandi. Uaylder avvalroq Tayson Fyuriga (105 va 108 kg) qarshi ikkinchi va uchinchi janglari oldidan vazni ko‘proq bo‘lgan, biroq har ikki holatda ham erta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi. Va o’z faoliyatining ko’p qismida amerikalik 100 kg atrofida boks bilan shug’ullangan.

Uaylder Jozef Parker va Chjan Jileyga ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng ringga qaytadi va bu safar u muvaffaqiyatga ishonch bildirmoqda.

“Men shunchaki ba’zi muammolarni hal qilishim kerak edi va men jangga hozirman. Men tayyor ekanligimni bilaman, men yaxshiman va men qaytib keldim “, dedi hali ham Aleksandr Usik va Entoni Joshuaga qarshi janglarga umid qilayotgan Uaylder Fight Freaks Unite.

Uning raqibi Tyrell Herndonning vazni 99 kg, bu esa, aksincha, faoliyatidagi eng past vazndir.