16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Darren Keyxill Yannik Sinner bilan ishlashni davom ettiradi – Corriere della Sera

Darren Keyxill Yannik Sinner bilan ishlashni davom ettiradi – Corriere della Sera

Murabbiy Darren Keyxill kelasi yili dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner bilan ishlashda davom etadi, deb yozadi italiyalik jurnalist Jovanni Pelazzo ijtimoiy tarmoqda Corriere della Sera nashriga tayanib.

“Bu qoladi, albatta. Ikkilik ajralishmayapti, garchi Keyxill o’z iltimosiga ko’ra kamroq sayohat qiladi va Vagnozsiga yordam kerak bo’ladi. Ammo Melburnda, kelasi yanvarda hammasi o’zgarmagandek bo’ladi”, – deya nashr matnidan iqtibos keltiradi Pelazzo.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 13-iyul kuni Yannik Sinner finalda ispaniyalik Karlos Alkarasni mag‘lub etgan (4:6, 6:4, 6:4, 6:4) “Uimbldon-2025” musobaqasida g‘olib chiqqan edi. Uimbldon chempionligi uning professional faoliyatidagi 20-chi bo’ldi.