01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Daria Kasatkina Uimbldonning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi

Daria Kasatkina Uimbldonning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi

Dunyo reytingining 18-pog’onasi avstraliyalik Daria Kasatkina turnirning ochilish o’yinida kolumbiyalik Emiliana Arangoni (76-o’rin) 7:5, 6:3 hisobida mag’lub etib, “Uimbldon-2025″ning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi.

Uchrashuv 1 soat 39 daqiqa davom etdi. Kasatkina 1 eys qayt etdi va 11 marta qo’sh xatoga yo’l qo’ydi. Raqibasi esa to’p oshirishda 7 bor qo’sh xato qildi.