11.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Daria Kasatkina Tsintsinnati 1000 turnirning ikkinchi davrasida Lusiya Bronzettiga yutqazdi

Daria Kasatkina Tsintsinnati 1000 turnirning ikkinchi davrasida Lusiya Bronzettiga yutqazdi

Dunyo reytingida 17-o‘rinni egallab turgan avstraliyalik tennischi Daria Kasatkina AQSHning Tsintsinnati shahrida o‘tkazilayotgan WTA-1000 turnirining uchinchi bosqichiga chiqa olmadi. Kasatkina ikkinchi davra bahsida italiyalik tennischi Lusiya Bronzettiga (61-o’rin) 3:6, 6:1, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tennischilar kortda 2 soat 5 daqiqa vaqt o’tkazishdi. Uchrashuv davomida Bronzetti ikkita eys amalga oshirdi, ikkita qo’sh xatoga yo’l qo’ydi, shuningdek, to’qqiztadan beshta breykni ochkoga aylantirdi. Kasatkina to’rtta eys amalga oshirdi, to’rtta qo’sh xato qildi va 11 breyk-poyntdan beshtasini yuta oldi.

Stinstinnatidagi “ming turnir”ning uchinchi davrasida Lusiya Bronzetti latviyalik tennischi Jelena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.