05.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Koul Palmer Chelsini Klub jahon chempionati yarim finaliga olib chiqdi

Koul Palmer Chelsini Klub jahon chempionati yarim finaliga olib chiqdi

Koul Palmer 2025-yilgi FIFA Klub jahon chempionatida o’z hisobini ochdi — Filadelfiyaning Lincoln Financial Field stadionida Palmeirasni mag’lub etib, Chelsini yarim finalga olib chiqdi.

Ko’klar eng kuchli tarkibini maydonga tushirdi, jumladan Pedro Neto ham o’ynashga qaror qildi — Diogo Jota bilan bog’liq qayg’uli xabarga qaramay.

O’yin dastlabki daqiqalardanoq Palmer jarima maydonidan tashqaridan zarba berdi — ammo darvozabon Veverton to’pni qaytarishga ulgurdi.

16-daqiqada Palmer Trevo Chalobadan pas olgach, hal qiluvchi gol urildi. 23 yoshli futbolchi Palmeiras himoyachilaridan qochib markazga siljidi — va chap oyog’i bilan Veverton yeta olmagan zarba berdi.

Palmerning ushbu turnirdagi birinchi goli uning o’ziga xos “sovuq” nishonlashi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo’limda braziliyaliklar muvazanatni tiklashdi. Gol muallifi Estevao bi’ldi. Ammo Chelsi 83 – daqiqada g’alaba golini urishib 2:1 hisobida zafar quchdi.

-->