14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Chelsi” “PSJ”ni mag’lub etib, klublar o’rtasidagi jahon chempionatida g’olib chiqdi

“Chelsi” “PSJ”ni mag’lub etib, klublar o’rtasidagi jahon chempionatida g’olib chiqdi

2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining “Chelsi” va “PSJ” o‘rtasidagi final uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Sharqiy Ruterforddagi (AQSh) MetLife stadionida o’ynashdi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida Alirizo Fag‘oniy (Avstraliya) ishladi. Unda “Chelsi” futbolchilari 3:0 hisobida zafar quchdi.

22-daqiqada London klubi yarim himoyachisi Koul Palmer Malo Gustyoning uzatmasi bilan hisobni ochdi. 30-daqiqada Palmer Levi Kolvellning uzatmasidan keyin dubl qayd etdi. 43-daqiqada Joau Pedro Koul Palmerning uzatmasi bilan parijliklar darvozasiga uchinchi golni urdi va yakuniy hisobni o’rnatdi – 3:0.

Eslatib o‘tamiz, 86-daqiqada “PSJ” yarim himoyachisi Joau Nevesh “Chelsi” himoyachisi Mark Kukurellaning sochidan ushlab qo‘polligi uchun qizil kartochka oldi va shu tariqa parijliklarni bir kishi kam bo‘lib o‘yinni yakunlashda qoldirdi.

Uchrashuvning eng yaxshi o’yinchsi deb Koul Palmer topildi.

Ushbu o’yin natijasida “Chelsi” 2025 yilgi klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibiga aylandi.