03.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi portugaliyalik yosh iste’dod egasi Dario Essugoni rasman transfer qildi

Chelsi portugaliyalik yosh iste’dod egasi Dario Essugoni rasman transfer qildi

Chelsi Sporting CP klubidan portugaliyalik yosh iste’dod — Dario Essugoni transfer qilganini klubning rasmiy sayti orqali tasdiqladi.

O’tgan mavsumda Las-Palmasda ijara asosida o’ynagan yosh yarim himoyachi — Stemford Brijga 2033 yilgacha shartnoma imzolab o’tdi.

“Chelsi Sporting CP klubidan Dario Essugoni transfer qilganini faxr bilan ma’lum qiladi. O’tgan mavsumda La Liganing Las-Palmas jamoasida ijarada bo’lgan va Portugaliya U-21 terma jamoasi a’zosi bo’lgan yarim himoyachi 2033 yilgacha shartnoma imzoladi”, deyiladi klub bayonotida.

“Ko’klar” 2025 yilgi yozgi transfer oynasi boshida — Portugaliya U-21 terma jamoasida ham o’ynaydigan iste’dodli futbolchini qo’lga kiritishga ulgurdi.

-->