30.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi Ipsvich Taunning yosh hujumchisi Liam Delapni transfer qildi

Chelsi Ipsvich Taunning yosh hujumchisi Liam Delapni transfer qildi

Transfer eksperti Fabrizio Romanoning xabar berishicha, Liam Delap Ipsvich Taundan transfer narxi 30 million funt sterlinglik evaziga Chelsiga rasman qo’shildi.

Chelsiga yangi hujumchi kerak edi va Nikolas Jeckson o’tgan mavsumda beqaror o’yin ko’rsatdi, Kristoper Nkunku esa o’yin amaliyoti kamligi sababli Stemford Brijni tark etishi kutilmoqda.

Londonliklar yozgi transfer oynasida faol harakat qilmoqda va klub kelasi mavsumda Chempionlar Ligasi va klublar o’rtasida o’tadigan jahon Chempionatida ishtirok etadi.

Delap bilan shartnoma Ipsvich Taun Chempionshipga tushib ketgani sababli imkonli bo’ldi. Klub pastki ligaga tushgach, futbolchining transfer bandi faollashdi.

-->