20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi himoyachisi Renato Veyga Vilyarrealga o’tishga yaqin turibdi

Chelsi himoyachisi Renato Veyga Vilyarrealga o’tishga yaqin turibdi

Londonning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Renato Veyga yozda klubini o’zgartirishi mumkin, deb xabar beradi BBC.

Manbaga ko’ra, 22 yoshli portugaliyalik Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va jamoalar transfer summasini muhokama qilishda davom etmoqda.

London klubi futbolchini 40 million yevroga baholamoqda, ispan tomoni esa 35 million yevro ichida qolishni kutmoqda. Avvalroq, Renato Veygaga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirgandi.
Portugaliyalik futbolchi o’tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Yuventus”da ijara asosida o’tkazdi va barcha turnirlarda 15 ta o’yin o’tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.