14.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi Diogu Jotaning oilasiga KJCHda g’olib chiqqan bonuslarning bir qismini beradi

Chelsi Diogu Jotaning oilasiga KJCHda g’olib chiqqan bonuslarning bir qismini beradi

«Chelsi» jamoasining klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabasi uchun beriladigan bonuslarning bir qismini «Liverpul»ning vafot etgan futbolchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning oilasiga xayriya qiladi, deb xabar bermoqda The Athletic.

Umuman olganda, London klubi turnirdagi g’alaba uchun 15,5 million dollar olgan. 13 iyul kuni “Chelsi” finalda “PSJ”ni mag’lub etdi (3:0).

3 iyul kuni Ispaniyada 28 yoshli Jota va uning 25 yoshli ukasi YTHda halok bo‘ldi.

Hodisa sabablari bo‘yicha dastlabki xulosaga ko‘ra, Jota boshqaruvidagi avtomobil belgilangan tezlikdan oshib ketgan. quvib o‘tish vaqtida avtomobil shinasi yorilib ketgan, shundan so‘ng futbolchi boshqaruvni yo‘qotgan.