23.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi APLning 2-turida Vest Xemni 6 ta gol bilan mag’lub etdi

Chelsi APLning 2-turida Vest Xemni 6 ta gol bilan mag’lub etdi

“Vest Xem” va “Chelsi” jamoalari to‘qnash kelgan Angliya premer-ligasining 2-tur uchrashuvi yakunlandi. Maykl Oliver uchrashuvning bosh hakami vazifasini bajardi. Uchrashuv 5:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo’ldi.

O’yin boshida mezbonlar yarim himoyachisi Lukas Paketa hisobni ochdi. 15-daqiqada “aristokratlar” hujumchisi Joau Pedro muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida vinger Pedro Neto “Chelsi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada yarim himoyachi Enso Fernandes ko’k-anorranglilarning ustunligini mustahkamladi. 55-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Moises Kaysedo hisobni yiriklashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib himoyachi Trevo Chaloba Enso Mareska jamoasining o‘yindagi beshinchi golini kiritdi.

“Chelsi” keyingi bosqichda “Fulxem” (30 avgust), “Vest Xem” esa “Nottingem Forest” (31 avgust) bilan to‘qnash keladi.