15.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsea PSGni yengib, 2025 FIFA Klublar Jahon Kubogini qo’lga kiritdi

Chelsea PSGni yengib, 2025 FIFA Klublar Jahon Kubogini qo’lga kiritdi

Chelsea AQSHning MetLife stadionida 2025 FIFA Klublar Jahon Kubogi finalida Paris Sen-Jermen (PSG)ni mag’lub etib, ajoyib yutuqqa erishdi.

G’arbiy London jamoasi — o’yindan oldin favorit bo’lmagan — PSGni 3:0 hisobida ishonchli mag’lub etishga muvaffaq bo’ldi. Koul Palmer ikki gol urib, o’yin yulduzi bo’ldi, Joau Pedro esa yana bir golni qo’shdi.

Bu Chelsea uchun Klublar Jahon Kubogidagi ikkinchi titul — ular birinchi marta 2021 yilda g’olib bo’lishgan edi. Qiziq tomoni shundaki, finalda mag’lub bo’lishiga qaramay, PSG allaqachon turnirning 2029 yilgi nasxasiga yo’llanmani qo’lga kiritgan.