25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Buyuk Serb o’z ishini boshladi

Buyuk Serb o’z ishini boshladi

38 yoshli tennis afsonasi Novak Djokovich US Open turnirini kuchli start bilan boshladi. U birinchi bosqichda 19 yoshli amerikalik Lirnerr Tyenni 6:1, 7:6(3), 6:2 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Bu g‘alaba bilan Djokovich Arthur Ashe stadionida 80-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va bunday natijaga erishgan ilk erkak tennischiga aylandi.

O‘yinda ba’zi qiyinchiliklar ham kuzatildi: ikkinchi setda uzun to‘p almashinuvlari va jismoniy bosim tufayli Djokovich ancha qiynaldi. Biroq tajribasi va sovuqqonligi bilan u tie-breakda vaziyatni o‘z foydasiga hal qildi. Uchinchi setda esa raqibiga imkon qoldirmay, g‘alabani ishonchli tarzda qo‘lga kiritdi.

“Bu o‘yin juda noodatiy kechdi. Birinchi set tez tugadi, keyingisi esa deyarli bir soat davom etdi. Eng muhim lahza tie-break bo‘ldi, shundan keyin o‘zimni ancha yaxshi his qildim,” — dedi Djokovich o‘yin yakunida.

Endi ikkinchi bosqichda Djokovich amerikalik Zakari Svaydaga qarshi maydonga tushadi.