11.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Braziliya JCh-2026 saralashida Paragvay ustidan minimal hisobda g’alaba qozondi

Braziliya JCh-2026 saralashida Paragvay ustidan minimal hisobda g’alaba qozondi

Braziliya Neo Kimika Arenada bo’lib o’tgan 2026 yilgi Jahon chempionati CONMEBOL saralash o’yinida Paragvayni 1:0 hisobida mag’lub etib, uch muhim ochkoni qo’lga kiritdi.

Bu g’alaba 66 yoshga to’lgan murabbiy Karlo Anchelotti uchun alohida sovg’a bo’ldi va Real Madriddagi sobiq shogirdi Vinisius Junior g’alabani ta’minladi.

Selесao jamoasi birinchi taymda qiyinchiliklarga duch keldi — Paragvayning mustahkam himoyasi sifatli hujumlar uyushtirishga imkon bermadi. Mateus Kunya 35-daqiqada bosh zarba bilan yaxshi imkoniyatni qo’lga kiritdi, ammo to’p darvozadan chetga ketdi.

G’alaba goli 44-daqiqada urildi bu vaziyatda Mateus Kunyaning past uzatmasini Vinisius Junior Paragvay darvozasiga aniq yo’lladi. Yakuniy hisob 1:0 Braziliyaning g’alabasi.

-->