14.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Bornmut Lill himoyachisi Bafode Diakite bilan shartnoma imzoladi

Bornmut Lill himoyachisi Bafode Diakite bilan shartnoma imzoladi

“Bornmut” “Lill”dan 24 yoshli himoyachi Bafode Diakite bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Shartnomaning amal qilish muddati ko’rsatilmagan.

Ingliz klubi, shuningdek, futbolchi 15 avgust, juma kuni Angliya premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk o‘yinida “Liverpul” bilan o‘ynaydigan jamoa bilan mashg‘ulotlarni darhol boshlashini ma’lum qildi.

O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi Liga 1da 31 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Qolaversa, u Chempionlar ligasining 10 ta uchrashuvida qatnashib, gol ura olmagan. Diakite “Lill”dagi o’yinlari davomida 112 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.