06.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Benyamin Sheshko Manchester Yunayted bilan shaxsiy shartnomasi bo’yicha kelishib oldi

Benyamin Sheshko Manchester Yunayted bilan shaxsiy shartnomasi bo’yicha kelishib oldi

Angliyaning Manchester Yunayted klubi RB Leyptsig va sloveniyalik hujumchi Benjamin Sheskoni sotib olishga yaqinlashmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, “qizil iblislar” u bilan shaxsiy shartnomaning barcha tafsilotlarini kelishib olgan.

Shartnoma 2030 yilning iyunigacha amal qiladi.

Benjamin Shesko Manchester Yunaytedga o’tmoqchi. Bu seshanba kuni ma’lum bo’ldi. Sloveniyalik futbolchi boshqa hech qaysi klubga bunday signal yubormagan.

Manchester Yunayted va RB Leypsig o’rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. “Buqalar” forvard uchun ko’proq pul olishni xohlashadi.