15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Bayer va Borussiya Brayton futbolchisi Buonanottiga qiziqish bildirmoqda

Bayer va Borussiya Brayton futbolchisi Buonanottiga qiziqish bildirmoqda

“Bayer” va Dortmundning “Borussiya” klublari “Brayton” yarim himoyachisi Fakundo Buonanottning transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Kicker.

Manbaga ko’ra, “Bayer” 20 yoshli argentinalik futbolchining transferi uchun 50 million yevrodan ko’proq mablag’ sarflashi mumkin. Shu bilan birga, “Brayton” futbolchini taxminan 45 million evro evaziga qo’yib yubormoqchi.

2024/25 yilgi mavsumda Buonanotte “Lester”da ijara asosida o’ynadi. 35 uchrashuvda u 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.