08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Bavariya o’rtoqlik o’yinida Tottenxemni tor-mor etdi

Bavariya o’rtoqlik o’yinida Tottenxemni tor-mor etdi

Myunxenning “Bavariya” hamda Londonning “Tottenxem” klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga yetdi. O’yin Myunxendagi “Arena Munichen” stadionida bo’lib o’tdi. Uchrashuv 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo’ldi.

12-daqiqada mezbonlar hujumchisi Xarri Keyn hisobni ochdi. 61-daqiqada “Bavariya” vingeri Kingsli Koman ustunligini mustahkamladi. 74-daqiqada nemis grandi yarim himoyachisi Lenart Karl hisobni yiriklashtirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib yarim himoyachi Uisdom Mayk “Bavariya”ning to‘rtinchi golini urdi.

Shu o’rinda ta’kidlash kerakki yaqinda “Liverpul”dan “Bavariya”ga tarkibiga qo’shilgan Luis Diyaz Germaniya klubida debyutini o’tkazdi.

Jamoalar oxirgi marta 2024 yilda o’rtoqlik o’yinida to’qnash kelishgan.O’sha o’yinda “Bavariya” 3:2 hisobida g’alaba qozongan.