23.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Bavariya Leyptsig darvozasiga 6 ta gol urdi, Keyn xet-trik muallifi

Bavariya Leyptsig darvozasiga 6 ta gol urdi, Keyn xet-trik muallifi

“Bavariya” va “RB Leyptsig” o’rtasidagi Bundesliganing 1-tur uchrashuvi yakunlandi. O‘yin 6:0 hisobida myunxenliklar foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuv “Arena Myunxen” stadionida (Myunxen, Germaniya) bo’lib o’tdi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida Florian Badstyubner (Vindsbax, Germaniya) ishladi.

27-daqiqada Mixael Olise gol urib myunxenliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Luis Dias 32-daqiqada “Bavariya”ning ustunligini oshirdi. 42-daqiqada Olise dubl qayd etdi. Harri Keyn 64-daqiqada jamoasining to’rtinchi golini kiritdi. “Leypzig” futbolchi Antonio Nuza 66-daqiqada bitta gol urgandi, ammo hakam voqeani ko’rib chiqqach, hujumda avval sodir bo’lgan qoidabuzarlik tufayli golni hisoblamadi. Keyn 74-daqiqada dubl qayd etgan bo’lsa, 78-daqiqada xet-trik muallifiga aylandi.

Navbatdagi o‘yinida “Bavariya” Germaniya kubogining birinchi bosqichida 27 avgust kuni mehmonda “Venen”ga qarshi maydonga tushadi, Bundesliganing ikkinchi bosqichida myunxenliklar 30 avgust kuni mehmonda “Augsburg” bilan bahs olib boradi. “RB Leypsig” Germaniya chempionati oliy divizioni 2-turi doirasida 30 avgust kuni “Xaydenxaym”ni qabul qiladi.