07.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona Ter Shtegenni kapitanlikdan mahrum qildi. Yangi sardor – Arauxo

Barselona Ter Shtegenni kapitanlikdan mahrum qildi. Yangi sardor – Arauxo

Kataloniyaning “Barselona” klubi matbuot xizmati germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen sardorlikdan mahrum qilinganini malum qildi. Himoyachi Ronald Arauxo “Blaugrana”ning yangi sardori etib tayinlandi.

«Barselona» klubi futbolchi Mark-Andre ter Shtegenga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilganidan so‘ng va ushbu masala yakuniy hal etilgunga qadar, klub sport rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra, uni asosiy jamoa sardori lavozimidan vaqtinchalik chetlashtirishga qaror qilganini ma’lum qiladi.

Bu davrda amaldagi vitse-sardor Ronald Araujo birinchi sardor vazifasini bajaradi», — deyiladi «Barselona» matbuot xizmati xabarida.