11.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona Rafiniya va Yamal uchun Bavariyaning sobiq o’yinchisini nishonga olmoqda

Barselona Rafiniya va Yamal uchun Bavariyaning sobiq o’yinchisini nishonga olmoqda

Barselona 2025 yilgi yozgi transfer oynasida hujum chizig’ini kuchaytirish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda — asosiy e’tibor Rafiniya va Lamin Yamal uchun zaxira topishga qaratilgan.

Kataloniya klubining qanotdagi dueti 2024-2025 mavsumida ajoyib natija ko’rsatdi — Rafiniya 57 ta o’yinda 37 gol va 24 ta assist qayd etdi, Yamal esa 55 ta o’yinda 18 gol va 25 ta golli uzatma bajargan.

Hansi Flikning jamoasi Bavariyada ishlagan paytidagi sobiq o’yinchisini nishonga olmoqda — bu qadam qanotlarda jamoa tarkibini kengaytirishga qaratilgan.

-->