21.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona Levandovski o’rniga katta mablag’ ajratmoqda

Barselona Levandovski o’rniga katta mablag’ ajratmoqda

Bolasport.com xabar berishicha, Barselona Robert Levandovski o’rnini bosish uchun 100 million yevro mablag’ ajratgan.

Kataloniya giganti hujum chizig’ining kelajagini rejalashtirmoqda — polyak hujumchisining shartnomasi 2026 yil iyunda tugaydi.

Blaugrana jamoasi shartnomasi tugaydigan paytda 36 yoshda bo’ladigan Levandovskining shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Bu qaror klubning hujum chizig’ini yangilash strategiyasi bilan mos keladi — Barselonaning hozirgi hujumchilarining aksariyati 28 yoshdan kichik.

-->