10.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona Kristensen bilan shartnomani uzaytirishni o’ylamoqda

Barselona Kristensen bilan shartnomani uzaytirishni o’ylamoqda

“Barselona”ning Andreas Kristensen borasidagi rejalari o’zgardi: agar klub avvalroq 29 yoshli himoyachini sotishga tayyor bo’lgan bo’lsa, Inigo Martines ketganidan keyin u himoyaning muhim figurasiga aylanishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko’ra, daniyalik bilan amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida tugaydi va rahbariyat uning erkin agent sifatida ketishining oldini olish uchun uni yana bir yilga uzaytirishni muhokama qilishga tayyor.

O’tgan mavsumning asosiy qismini Axilles tendonidagi jarohat tufayli o’tkazib yuborgan Andreas Kristensen Saudiya Arabistoni va Premer-liga takliflarini rad etib, jamoani tark etishdan bosh tortdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda