08.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Barselona” darvozaboni Voytsex Shesni bilan shartnomani uzaytirdi

“Barselona” darvozaboni Voytsex Shesni bilan shartnomani uzaytirdi

“Barselona” darvozaboni Voytsex Shesni hozirgi jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasining rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi klub bilan 2027 yilning yozigacha hisoblangan mehnat shartnomasi bo’yicha kelishib olgan.

Polshalik futbolchi 2024 yilning oktabrida “blaugrana” safiga kelib qo’shilgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 30 ta o’yin o’tkazib, 14 tasida o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 1 million yevroni tashkil qiladi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Barselona” Ispaniya chempionligi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.