16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona kelgusi oyda Kamp Nouga qaytishi xavf ostida

Barselona kelgusi oyda Kamp Nouga qaytishi xavf ostida

ESPN xabariga ko’ra, Barselonaning 10 avgust kuni Komo bilan Joan Gamper turniri uchun Kamp Nouga qaytish rejasi — litsenziya muammolari tufayli xavf ostida.

Barselona shahar hokimiyatidan bir necha ruxsatnomalarni kutmoqda — ayniqsa stadion xavfsizligi bo’yicha, garchi boshqa ruxsatlar olingan bo’lsa ham. Klub manbalari yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishini bildirmoqda.

Agar Kamp Nou uchun ruxsatlar o’z vaqtida olinmasa 6000 o’rinli Yohan Kruyff stadionu zaxira maydon sifatida ko’rib chiqilmoqda. Agar o’yin Kamp Nouda o’tkazilsa, tomoshabinlar soni 20,000 dan 30,000 gacha cheklanadi.

Ikki yildan beri davom etayotgan Kamp Nou rekonstruktsiyasi — 2026-27 yil mavsumi boshigacha davom etadi. Kelgusi mavsumda Barselonaning uy o’yinlari 50,000 dan 60,000 gacha tomoshabin sig’imi bilan o’tkaziladi.