19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Bagnaia Chexiya MotoGP’sida mavsumning ilk pol pozitsiyasini qo’lga kiritdi

Bagnaia Chexiya MotoGP’sida mavsumning ilk pol pozitsiyasini qo’lga kiritdi

Francesco Bagnaia Brno avtodromida o’tkazilgan Chexiya MotoGP kvalifikatsiyasida mavsumning ilk pol pozitsiyasini qo’lga kiritdi — u 1 daqiqa 52,303 soniyalik natija ko’rsatib, boshqa haydovchilar uchun erishib bo’lmas vaqtni o’rnatdi.

Uning jamoadoshi va asosiy raqibi Mark Markes kvalifikatsiyaning so’nggi daqiqalarida yuz bergan hodisa tufayli ikkinchi startni egallashga majbur bo’ldi — 13-burilishda Johann Zarko avariyasidan ko’tarilgan chang tufayli ko’rish qiyinlashgani sabab yiqildi.

“Aslida hech qanday muammo yo’q, men yaxshiman. Ehtimol, vaqtni yaxshilashga urinayotganimda, Zarkoning avariyasidan ko’tarilgan chang chalg’itgandir,” deya ta’kidladi Markes park fermeda. “Lekin ikkinchi o’rindan ham yetarlicha xursandman, endi nima bo’lishini ko’ramiz.”

Bagnaianing bu yutugi yanada e’tiborga loyiq, chunki ikki karralik jahon chempioni birinchi kvalifikatsiya sessiyasidan (Q1) o’tib, keyin yuqori pozitsiyani egallashga erishdi.

-->