27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Avtogol hammasini hal qildi. Ispaniya va Nederlandiya U-19 evro g’olibini aniqladi

Avtogol hammasini hal qildi. Ispaniya va Nederlandiya U-19 evro g’olibini aniqladi

Nederlandiya U-19 terma jamoasi 2025 yilgi 19 yoshgacha bo’lganlar o’rtasidagi Evropa chempionatida g’olib chiqdi. 26 iyun kuni Buxarestdagi “Rapid-Giulesti” stadionida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida Nederlandiya terma jamoasi Ispaniyani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 63-daqiqada ispaniyalik himoyachi Raul Ximenes tomonidan kiritilgan avtogol bo’lib, to’pni o’z darvozasiga kiritib qo’ydi.

Shu tariqa Nederlandiya U 19 terma jamoasi tarixida ilk bor Evropa chempionatida g’olib chiqdi. Eng ko’p g’alaba qozongan terma jamoa u Ispaniya (12 marta). Angliya 11 marta, Portugaliya esa, 8 bor chempion bo’lgan.