02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Atletiko Madrid” “Vilyarreal” futbolchisining transferini e’lon qildi

“Atletiko Madrid” “Vilyarreal” futbolchisining transferini e’lon qildi

Madridning “Atletiko” klubi o’zining rasmiy saytida ispaniyalik hujumchi Aleks Baena bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

23 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2030-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, klublar 45+5 million yevro evaziga transfer bo‘yicha kelishib olgan.

O’tgan klub mavsumida Baena 33 ta o’yinda 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi Evropa ligasida g’alaba qozongan, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida g’olib chiqqan, shuningdek, Olimpiya turnirida oltin medalni qo’lga kiritgan.

“Atletiko” o’tgan mavsumda La Ligada uchinchi o’rinni egalladi.