20.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Atletiko Madrid Chelsining yosh portugaliyalik himoyachisini nishonga oldi

Atletiko Madrid Chelsining yosh portugaliyalik himoyachisini nishonga oldi

The Athletic xabar berishicha, Renato Veiga yozgi transfer oynasida sotuvga qo’yilgan Chelsining 15 nafar futbolchisi orasida joy oldi.

O’tgan yozda “Moviylar” safiga qo’shilgan yosh portugaliyalik himoyachi — hozirda La Liga klubi Atletiko Madrid diqqat markazida.

Veiga o’tgan yanvar oyida Yuventusga ijaraga berilgan edi, ammo Seriya A klubi — uning o’tishini doimiy qilmaslikka qaror qildi.

Chelsea bu mavsumda besh nafar yangi futbolchini jamoaga qo’shdi va jamoaning rejalariga kirmagan bir qator futbolchilarni — chiqarib yuborish orqali tarkibni qayta shakllantirmoqchi.

-->