02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Atlético Madrid Villarrealdan Álex Baenani transfer qildi

Atlético Madrid Villarrealdan Álex Baenani transfer qildi

ESPN xabar berishicha, Álex Baena rasman Villarrealdan Atlético Madridga bonus bilan birga taxminan 50 million evro evaziga o’tdi.

23 yoshli ispan yarim himoyachisi bugun ertalab tibbiy ko’rikdan o’tdi va 2030 yilgacha besh yillik shartnoma imzoladi — klub faqat rasmiy e’lon qilishi kerak.

Baena Atalantadan kelgan Matteo Ruggeridan keyin Atléticoning yozgi mavsumdagi ikkinchi transferi bo’ldi. Keyingi transfer esa Real Betisdan AQSh yarim himoyachisi Johnny Cardoso bo’ladi.

Murabbiy Diego Simeone himoya chizig’ini kuchaytirish uchun Tottenhem himoyachisi Cristian Romeroni ham nishonga olgan — ammo Premier-liga klubi bilan kelishuv hali uzoq.