10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

AS “Milan” Teo Ernandesning “Al-Hilol”ga o’tganini e’lon qildi

AS “Milan” Teo Ernandesning “Al-Hilol”ga o’tganini e’lon qildi

AS “Milan” o’zining rasmiy saytida 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandesning “Al-Hilol”ga o’tganini e’lon qildi.

“Klub Teoga olti yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va unga shaxsiy va professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi”, – deyiladi italiyalik gigantlar bayonotida.

Oldinroq OAVda “Al-Hilol” frantsiyalik futbolchining transferi uchun “Milan”ga 25 million yevro to’lashi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, Ernandes Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnoma uchun bonuslarni hisobga olmaganda 60 million yevro ishlab olishi mumkinligi takidlangan.

Himoyachi 2019 yilning yozida “Real”dan “rossoneri” safiga kelib qo‘shilgan edi.Bu davrda u barcha turnirlarda 262ta o‘yin o‘tkazib, 34ta gol urgan va 45ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Milan” bilan Ernandes Italiya chempioni bo’ldi va mamlakat Superkubogini qo’lga kiritdi.