22.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arteta Dyokereshning Arsenalga o’tishiga ishora qildi

Arteta Dyokereshning Arsenalga o’tishiga ishora qildi

ESPN xabar berishicha, Mikel Arteta Singapurdagi mavsumoldi tayyorgarlik turi matbuot anjumanida Viktor Dyokereshning Arsenalga o’tishi haqida ishora berdi.

“Men hali jamoamiz a’zosi bo’lmagan futbolchi haqida izoh bera olmayman,” dedi Arteta.

Ispaniyalik murabbiyning bayonotidagi “hali” so’zi — shvetsiyalik hujumchining Emirates stadioniga o’tishi ijobiy ekanligidan dalolat beradi.

Shvetsiya milliy terma jamoasi hujumchisi Arsenal bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan — biroq to’lov tuzilmasi ikki klub o’rtasidagi muzokaralarning asosiy to’sig’i bo’lib qolmoqda.

-->