24.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal Valensia himoyachisi Kristian Moskerani transfer qildi

Arsenal Valensia himoyachisi Kristian Moskerani transfer qildi

ESPN xabar berishicha, Kristian Moskera Valenciadan Arsenalga 15 million yevro evaziga o’tdi.

21 yoshli himoyachi 2030 yil iyungacha besh yillik shartnoma imzoladi, yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud. Transfer summasi natijalar bo’yicha 20 million yevrogacha ko’tarilishi mumkin.

Moskera yozgi transfer oynasida Arsenalning beshinchi transferi bo’ldi:

  • Martín Zubimendi
  • Noni Madueke
  • Kristian Norgard
  • Kepa Arrizabalaga

Arsenalning umumiy xarajatlari 140 million funt sterlingga yetdi. Sport direktori Andrea Berta muzokaralarni bosh murabbiy Mikel Arteta ishtirokida olib bordi.

Valencia safida 90 ta o’yin o’tkazgan futbolchi Arsenalning Osiyo turida ishtirok etish uchun Singapurga uchib ketdi. Arsenal Moskerani himoya chizig’ining turli pozitsiyalarida o’ynay oladigan Yevropaning eng istiqbolli yosh himoyachilaridan biri deb baholaydi.

-->