11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal Olivia Smit uchun jahon transfer rekordini yangilamoqchi

Arsenal Olivia Smit uchun jahon transfer rekordini yangilamoqchi

Arsenal Liverpuldan Olivia Smitni transfer qilish uchun ayollar futbolidagi jahon transfer rekordini yangilash arafasida turibdi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Shimoliy London klubi 20 yoshli kanadalik hujumchi uchun £1 million taklif tayyorladi — bu raqam Chelsi bu yil boshida Naomi Girmani transfer qilgandagi avvalgi rekorddan oshib ketadi.

Liverpul avval bir necha yirik klublarning — jumladan Chelsi va Lionning takliflarini rad etgan edi, ammo Arsenalning taklifini qabul qildi. O’tgan mavsumda Sporting CPdan Liverpulga o’tgan Smit barcha musobaqalarda to’qqizta gol urib, ajoyib natija ko’rsatdi.

Bu transfer bir hafta ichida Arsenalning Liverpuldan ikkinchi transferi bo’ladi, chunki klub yaqinda Teylor Hindsni erkin transfer asosida o’z safiga qo’shib olgan edi.