20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal futbolchisi Xaverts tizzasidan jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi – The Athletic

Arsenal futbolchisi Xaverts tizzasidan jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi – The Athletic

“Arsenal” hujumchisi Kay Xaverts jarohati sabab “kanonirlar”ning bo’lajak o’yinlarini o’tkazib yuboradi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko’ra, London klubining 26 yoshli futbolchisi tizzasidan olgan jarohati tufayli bugungi mashg’ulotlarni o’tkazib yuborgan. Nemis futbolchisining qancha muddatga safdan chiqishi hozircha nomalum. Shu bilan birga, «Arsenal» Xavertsga o’rinbosar izlab allaqachon transfer bozorini o’rganayotgani ta’kidlangan.

Eslatib o’tamiz, o’tgan mavsumda Kay son oyog’idagi jarohati tufayli fevral boshidan may oyining ikkinchi yarmigacha maydonga tushmagan edi. Umuman olganda, futbolchi o’tgan mavsumda 36 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.