24.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal Eberechi Eze transferini e’lon qildi

Arsenal Eberechi Eze transferini e’lon qildi

Londonning “Arsenal” klubi “Kristal Pelas”dan angliyalik yarim himoyachi Eberechi Eze transferini e’lon qildi. Avvalroq, Eze «Tottenhem»ga o’tishga bir qadam qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Eberechi 10-raqamli libosni kiyadi va shu hafta oxirida “Lids Yunayted”ga qarshi o’yindan so’ng yangi jamoadoshlari safiga qo’shiladi. “Arsenal”da hamma Eberechini klubda kutib olishni istaydi. Transfer tartibga solinadigan tartib-qoidalar bajarilishi shart”, – deyiladi klub rasmiy saytida.

O’tgan mavsumda 27 yoshli Eze barcha turnirlarda 43 ta o’yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.