24.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal APLning 2-turida Lidsni 5:0 hisobida mag’lub etdi, Dyokeresh ikkita gol urdi

Arsenal APLning 2-turida Lidsni 5:0 hisobida mag’lub etdi, Dyokeresh ikkita gol urdi

Angliya premer-ligasining 2-turidan o’rin olgan “Arsenal” – “Lids” uchrashuvi yakuniga yetdi. Jamoalar Londondagi “Emireyts” stadionida o‘ynashdi. Jarred Gillett bosh hakam sifatida ishladi. “Kanonirlar” 5:0 hisobidagi g’alabani tantana qilishdi.
34-daqiqada himoyachi Yurrien Timber uchrashuvda hisobni ochib gollar shouini boshlab berdi. 45+1-daqiqada hujumchi Bukayo Saka Timberning uzatmasidan so’ng gol urdi. 48-daqiqada londonliklarning yangi futbolchisi Viktor Dyokeresh jamoasi safidagi debyut golini urdi. 56-daqiqada Timber ikkinchi goli urdi. 90+5-daqiqada Dyokeresh penaltini aniq amalga oshirib, dubl muallifiga aylandu. Yakuniy hisob 5:0 “Arsenal” foydasiga.

“Arsenal” Premer-liganing dastlabki ikki o’yinidan keyin 6 ochko to’pladi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikki o‘yindan so‘ng “Lids” uch ochko bilan 11-o‘ringa tushib ketdi.