21.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal 1995-yilgi klassik dizayndan ilhomlangan yangi mehmon formasi

Arsenal 1995-yilgi klassik dizayndan ilhomlangan yangi mehmon formasi

Arsenal Osiyodagi mavsumoldi turnesi davomida 2025-26 mavsumi uchun yangi mehmon formasini taqdim etdi. 1995-yilgi “chaqmoq” modelidan ilhomlangan dizayn — to’q ko’k rangda bo’lib, chaqmoq naqshlari bilan bezatilgan.

Shimoliy London klubi klassik dizayn elementlarini qayta tiklashga qaror qildi — chaqmoq naqshi ikki asr oldin Vulvichda qurilgan Royal Arsenal Gatehouse gerbi asosida yaratilgan.

Yangi forma chaqmoq naqshida ikki rangli metall effektlari va kontrast qizil ranglar bilan zamonaviy ko’rinishga ega. Muxlislar tez orada Arsenal Singapur Milliy stadionida Milan bilan o’yin paytida bu formani ko’radilar.

Arsenal Singapurda uchta mavsumoldi o’yinini o’tkazadi:

  • Milan bilan
  • Nyukasl Yunayted bilan
  • Tottenhem Hotspur bilan
-->