22.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Argentina ayollar terma jamoasi Chexiyani mag‘lub etib, 2025 yilgi jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Argentina ayollar terma jamoasi Chexiyani mag‘lub etib, 2025 yilgi jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 2025-yilgi voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida “D” guruhidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Chexiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Unda Argentina terma jamoasi 3:1 (18:25, 25:23, 25:17, 26:24) hisobida zafar quchdi.

Bugun, 22 avgust kuni “D” guruhidan o‘rin olgan AQSH va Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruh bosqichining eng yaxshi ikki jamoasi turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.

2025 yilgi voleybol bo’yicha ayollar o’rtasidagi jahon chempionati 22 avgustdan 7 sentyabrgacha bo’lib o’tadi. Hozirgi jahon chempioni Serbiya terma jamoasi hisoblanadi.