20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

AQSh bokschi kichik Chavesni Meksikaga deportatsiya qildi

AQSh bokschi kichik Chavesni Meksikaga deportatsiya qildi

AQSh hukumati meksikalik bokschi kichik Xulio Sezar Chavesni o‘z vataniga deportatsiya qildi, u Sinaloa jinoiy guruhiga aloqadorlikda gumon qilinib, qidiruvga berildi, deb xabar bermoqda AP.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 39 yoshli sportchining deportatsiya qilinishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

“Men uning deportatsiya qilinganini tushunaman. Kechami yoki bugun ertalabmi, bilmayman, lekin u Meksikaga kelgani haqida bizga xabar berishdi”, – dedi prezident matbuot anjumanida.