28.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Angliya terma jamoasi finalda Ispaniyani mag‘lub etib, ayollar o‘rtasidagi Evro-2025 chempionligini qo‘lga kiritdi

Angliya terma jamoasi finalda Ispaniyani mag‘lub etib, ayollar o‘rtasidagi Evro-2025 chempionligini qo‘lga kiritdi

Ayollar o’rtasidagi 2025 yilgi Evropa chempionatining Angliya va Ispaniya terma jamoalari o’rtasidagi final uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Bazel shahridagi (Shveysariya) “Sent-Yakob-Park” stadionida o‘zaro bahs olib borishdi. Bosh hakam sifatida Stefani Frappart (Le Plessis-Bouchard, Fransiya) ishladi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Angliya terma jamoasi kuchliroq bo’ldi – 3:1.

Ispaniya terma jamoasi o‘yinning 25-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Yarim himoyachi Marion Kaldentey gol urdi. 57-daqiqada inglizlar jamoasi hujumchisi Alessia Russo hisobni tenglashtirdi. O‘yindan keyingi penaltilarni ijro etishda ingliz futbolchilari aniqroq harakat qilishdi.

Shu tariqa, Angliya terma jamoasi qitaning eng yaxshi jamoasi nomini himoya qildi. 2022 yilgi Yevropa chempionati finalida ingliz ayollari Germaniya terma jamoasini 2:1 (qo‘shimcha vaqt) hisobida mag‘lub etishdi. Turnir Angliyada bo’lib o’tdi.

-->