18.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Angliya premer-ligasining 1-turida Arsenal Manchester Yunaytedni mag‘lub etdi

Angliya premer-ligasining 1-turida Arsenal Manchester Yunaytedni mag‘lub etdi

“Manchester Yunayted” va “Arsenal” o‘zaro to‘qnash kelgan Angliya premer-ligasining 1-tur uchrashuvi yakunlandi. Londonliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo’lib o’tdi. Saymon Xuper uchrashuvning bosh hakami vazifasini bajardi.

13-daqiqada Rikkardo Kalafiori ushbu o’yindagi yagona golga mualliflik qildi.

Keyingi turda “Manchester Yunayted” safarda “Fulxem” bilan o’ynaydi, bu o’yin 24 avgust kuni bo’lib o’tadi. “Arsenal” 23 avgust kuni o’z uyida “Lids Yunayted” bilan o’ynaydi.

O’tgan mavsumda jamoalar uch marta to’qnash kelishgan. Premer-liganing 14-turida “kanonirlar” 2:0 hisobida zafar quchdi. 28-turda jamoalar 1:1 hisobida durang o’ynashdi. Angliya kubogining 1/32 final bahsida “qizil iblislar” penaltilar seriyasida “Arsenal”dan kuchliroq bo‘ldi – 5:3. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi.