19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Andrey Rublev Los-Kabosdagi mag’lubiyatga uchragan yarim finalning so’nggi geymida raketkasini sindirdi

Andrey Rublev Los-Kabosdagi mag’lubiyatga uchragan yarim finalning so’nggi geymida raketkasini sindirdi

Dunyoning 10-raqamli rossiyalik tennischisi Andrey Rublev Los-Kabosdagi (Meksika) ATP-250 turnirining yarim final uchrashuvida amerikalik Aleksandr Kovachevichga (76-o‘rin) qarshi o‘z raketkasini sindirdi. Oxirgi geymda Kovachevich 15:0 hisobida oldinda borayotgand rossiyalik raketkasini urib sindirdi. Uchrashuvda Rublev 6:3, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Los-Kabosda chempionlik uchun Aleksandr Kovachevich yarim finalda Adam Uoltondan 6:2, 6:2 hisobida ustun kelgan dunyoning 33-raketkasi kanadalik Denis Shapovalov bilan kuch sinashadi.

Andrey Rublev navbatdagi AQSHning Vashington shahrida ATP-500 turnirida ishtirok etadi. Musobaqa 21-27 iyul kunlari bo’lib o’tadi.Hozirgi chempion amerikalik Sebastyan Korda.

-->