09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Amanda Anisimova Anastasiya Pavlyuchenkovani yengib, Uimbldonning yarim finaliga chiqdi

Amanda Anisimova Anastasiya Pavlyuchenkovani yengib, Uimbldonning yarim finaliga chiqdi

Dunyoning 50-raqamli rossiyalik tennischisi Anastasiya Pavlyuchenkova “Uimbldon–2025” musobaqasining yarim finaliga chiqa olmadi. Chorak finalda esa WTA reytingida 12-o‘rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovaga 1:6, 6:7 (9:11) hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv 1 soat 39 daqiqa davom etdi. Unda Pavlyuchenkova eysga qo’l yetkiza olmadi, beshta qo’sh xatoga yo’l qo’ygan va qo’lga kiritilgan beshtadan bitta breyk-poyntdan umuman foydalana olmadi. Anisimova oltita eys, oltita qo‘sh xato va 10 ta breyk-poyntdan to‘rttasini yuta oldi.

Amanda Anisimova musobaqa finali yo‘llanmasi uchun jahon reytingi yetakchisi belaruslik Aryna Sabalenka bilan kuch sinashadi.