25.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Aleksandr Bublik Shevchenkoni ishonchli tarzda mag’lub etib, Kitsbyuel turnirining yarim finaliga yo’l oldi

Aleksandr Bublik Shevchenkoni ishonchli tarzda mag’lub etib, Kitsbyuel turnirining yarim finaliga yo’l oldi

Dunyoning 30-raqamli qozog’istonlik tennischisi Aleksandr Bublik Kitsbyuel (Avstriya) shahrida sovrin jamg’armasi 596 035 yevroni tashkil qiluvchi ATP-250 gil kort turnirida yarim finalga chiqdi.

Yomg’ir tufayli to’xtatilgan chorak final uchrashuvida Bublik (1) dunyoning 110-o’yinchisi, hamyurti Aleksandr Shevchenkoni 6:4, 6:2 hisobida mag’lub etdi.

Bublikning Shevchenko bilan o’yini 1 soat 15 daqiqa davom etdi (yomg’ir sababli pauzalarni hisobga olmaganda). Uning davomida Bublik besh marta eysga qo’l yetkazdi, oltita qo‘sh xato qildi va qo‘lga kiritgan yettita breyk-poyntdan uchtasini ochkoga aylantirdi. Shevchenko ikkita eys, ikkita qo’sh xato va beshta yuta olmagan breyk-poyntga ega bo’ldi.

Bublikning Kitsbyueldagi navbatdagi raqibi Tiago Uayld (Braziliya) va Botik van de Zandsxulp (Nederlandiya) o’rtasidagi o’yin g’olibi bo’ladi.

-->