20.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Aleksandr Bublik Gshtaaddagi ATP-250 turnirida g’olib bo’ldi

Aleksandr Bublik Gshtaaddagi ATP-250 turnirida g’olib bo’ldi

Dunyoning 34-raketkasi, qozog’istonlik tennischi Aleksandr Bublik Gshtaad (Shveytsariya) shahrida o’tkazilgan to’proqdan yasalgan ATP-250 toifasidagi turnir g’olibi kubogini qabul qilib oldi.

Bugun, 20-iyul kuni chempionlik uchun kurashda Bublik dunyo reytingida 109-o‘rinni egallab turgan argentinalik Xuan Manuel Serundoloni mag‘lub etdi. Uchrashuv uchta setda 6:4, 4:6, 6:3 hisobida yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Bublik faoliyatidagi oltinchi ATP chempionligini qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston vakili faoliyatida ilk bor to’proq kort turniri chempioni bo‘ldi. Gshtaddagi gil kort turniri yakunida Aleksandr jahon reytingining kuchli 30taligiga qaytadi.

 

-->