08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Alan Shirer 2025/26 yilgi mavsumda kim Premer-ligani yutishini taxmin qildi

Alan Shirer 2025/26 yilgi mavsumda kim Premer-ligani yutishini taxmin qildi

“Blekbern” va “Nyukasl” klublarining sobiq hujumchisi Alan Shirer bo’lajak mavsum yakunida Angliya Premer-ligasida kim g’alaba qozonishini taxmin qildi. Shirerning fikricha, “Liverpul” yana Angliya chempioniga aylanadi.

Alan Shirerning fikricha, 205/2026 yilgi mavsumda Premer-liganing kuchli oltita jamoasi quyidagicha ko’rinish oladi:

1. Liverpul;
2. Arsenal;
3. Manchester Siti;
4. “Chelsi”;
5. Nyukasl;
6. “Manchester Yunayted”.

Angliya premer-ligasining yangi mavsumi 15 avgust kuni “Liverpul” – “Bornmut” uchrashuvi bilan boshlanadi. Turnir 2026-yil 24-may kuni yakunlanadi.Shu kuni Premer-liganing barcha 20ta jamoasi bir vaqtda – Toshkent vaqti bilan soat 20:00da o‘yin o‘tkazadi.