19.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Al Nasr Piolini almashtirish uchun Ronalduning sobiq hamkasabasini mo’ljallamoqda

Al Nasr Piolini almashtirish uchun Ronalduning sobiq hamkasabasini mo’ljallamoqda

Al Nasr hozirda 59 yoshli Stefano Pioli Fiorentinaga o’tishi kutilayotgani sababli yangi murabbiy izlamoqda.

Klub rahbariyati Luchiano Spallettini har mavsum uchun 18 million yevro to’lov bilan uch mavsumlik shartnoma taklif qilib jalb qilishga urindi. Biroq, Italiya milliy terma jamoasining sobiq murabbiyi bu taklifni rad etdi.

Ushbu rad javobidan so’ng, Al Nasr endi Florensiya klubiga o’tishi bo’yicha kelishuvga erishgan Piolining o’rnini egallash uchun Krishtianu Ronalduning sobiq hamkasabalaridan biriga e’tibor qaratmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda u yaqinda As Milandan ketgan Serjiu Konseysau.

-->