06.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Al-Hilol Liverpul bilan Darvin Nunes borasida kelishuvga erishdi – Romano

Al-Hilol Liverpul bilan Darvin Nunes borasida kelishuvga erishdi – Romano

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Liverpul” bilan markaziy hujumchi Darvin Nunesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi taniqli insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaning xabariga ko’ra, hozirgi bosqichda “Al-Hilol” taklifni qabul qilishga yaqin turgan futbolchining o’zi bilan muzokara olib bormoqda.

Darvin Nunes “Liverpul”ga 2022-yilda kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda urugvaylik ргогьсрш Angliya premer-ligasida 30ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, Chempionlar ligasida esa PSJ bilan 1/8 final javob o‘yinida penaltilar seriyasida noaniq zarbasi bilan yodda qoldi.